Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Shahrisabz shahar, «Ipak-yo‘li» MFYda yashovchi fuqaro N.Q. 2019 yil 8 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi I.B.ni fuqaro J.R.ga 10,0 mln. so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.