Parijdagi mashhur Notr-Dam ibodatxonasida (Notre-Dame de Paris) kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Reuters. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda cherkov ustidagi ulkan alangan va qora tutunni ko‘rish mumkin.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning yuqori qavatlarida yuzaga kelgan. Hodisaga ayni vaqtda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sabab bo‘lishi mumkin.

Ibodatxona so‘nggi vaqtlarda restavratsiya qilinayotgan edi. Bino devorlariga qurilish havozalari o‘rnatilgan. Aprelda quruvchilar bino tomida gumbazning tarixiy qiyofasini tiklash borasida ish olib bordi.

Ibodatxonaga 1163 yilda asos solingan.