Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni tayinlashda yangi mexanizm joriy etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda mazkur jarayon vakant direktor lavozimi bo‘yicha e’lon berish, nomzodlarni tavsiya etish, nomzodlarni saylash, saylov natijalarini rasmiylashtirish va hududiy boshqarmalarga taqdim etish, lavozimga tayinlash kabi 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi.