Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov ertaga Dubay shahrida ringga ko‘tariladi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Shahobiddinga ertangi jangda indoneziyalik Entoni Xolt raqiblik qiladi.

Bugun ushbu jang oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Zoirov 121,7 funt (54, 88 kg) tosh bosdi. Raqib esa 119,9 funt (54,38 kg) chiqdi.

Ushbu jang Dubay shahridagi «Emirates Golf Club"da bo‘lib o‘tadi.