Termizda O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda raisligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zA.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar, shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi, deyiladi xabarda.

ASIA-Plus nashrining xabar qilishicha, yig‘ilishda tomonlar savda ayriboshlash hajmini oshirish hamda yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoat komplekslarida qo‘shma korxonalar ochishga kelishdi. Gidroenergetika sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi.