Vazirlar Mahkamsining tegio‘shli qarori bilan Madaniyat markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq bo‘lganda madaniyat markazlari tashkil etiladi.

Markazlarning asosiy vazifasi madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlashdan iborat.

Markazlar madaniyat boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.

Markazlarda 33 yo‘nalishda to‘garaklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.

Markazlar faoliyati samaradorligi baholanib boriladi hamda aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron ta’minot bazasi ishlab chiqiladi. Mazkur tizim 2020 yil 1 yanvardan tatbiq etiladi.