28 mart kuni taxminan 7:30 da Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani Shodlik ko‘chasidagi uyda bir oilaning to‘rt a’zosi jasadlari topildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Ona (1995 yilda tug‘ilgan) U. T. Va uning uch oylik o‘g‘li I. K. (2018) 3−4 metr chuqurlikdagi aylana shakldagi quduq ichidan o‘lik holda topilgan. Yana ikki nafar M. K. (2017) va I. K. (2015) uy ichkarisidagi yotoqxonada o‘lik holda topilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, U.T. va uning voyaga yetmagan farzandi X.I. nafas yo‘llariga suv tiqilishi oqibatida, M.X. va X.I. nafas yo‘llari bo‘g‘ilishi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 28 mart kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuraturaning alohida nazorati o‘rnatilgan.

Hozirda qotillik sodir etgan shaxsni aniqlash bo‘yicha barcha zaruriy tezkor-tergov choralari ko‘rilmoqda.