O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashevning Olamsport.com saytiga ma’lum qilishicha, u navbatdagi jangini 17 may kuni Nyu-York shahrida o‘tkazadi.

O‘sha kuni Shohjahon argentinalik raqibga qarshi ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. Hozircha uning nomi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev faoliyatidagi 16-jangda amerikalik Maykl Foks ustidan g‘alaba qozongandi.