26 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

«Har bir maktabga kuzatuv kengashi kerak. U kengash nima kiladi? Maktabning hisobidagi byudjet mablag‘idan qancha pul ajratilayotganini kuzatib turadi. Mahalliy byudjetdan ta’mirlash ishlaridan tashqari qancha mablag‘ kelayotganini ko‘rib turadi. Vaziyatga qarab qo‘shimcha ko‘rsatilayotgan xizmatlarni belgilab beradi.

Kuzatuv kengashi maktab direktori faoliyatini baholaydi. Kerak bo‘lsa, ishdan bo‘shatishi, uning o‘rniga boshqasini tavsiya kilib kuyishi mumkin.

Shunaqa qilmaguncha, 10 mingta maktabni markazdan turib boshqarish juda qiyin. Butun dunyoda scool-base management — maktabning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi mavjud. Biz ham shuni joriy qilishimiz kerak. Angliyada scool board maktab kuzatuvchi kengashi direktor faoliyatiga baho beradi. Bahoni xalq ta’limi bo‘limi yoki hokimiyat bermaydi. Ana shunday tarzda e’tibor qilinagan bo‘lsa, direktor yaxshiroq ishlashga harakat qiladi", — dedi Sherzod Shermatov.