Toshkentning Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida avtomatlashtirilgan jamoat biohojatxonalari ishga tushirildi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.Tualetlarning tashqi qismi mahalliy diqqatga sazovor joylar haqidagi ma’lumotlar, metro xaritasi, bozorlar, gipermarket va savdo markazlari manzillari, favqulodda xizmatlar aloqa raqamlari tushirilgan axborot peshlavhalari joylashtirilgan.

«Ma’lumki, sayyohlar soni kundan-kunga ortmoqda. O‘z navbatida, biz ularning mamlakatimizda qulay

«Toshkent shahar hokimining avvalo aholimiz, qolaversa, poytaxtimizga tashrif buyuradigan turistlar va mehmonlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatini yaxshilashga qaratilgan qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilmoqda. Zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchalari ham shu yo‘nalishdagi ishlarning bir qismidir», — deyiladi xabarda.

Biotualetlar bepul Wi-Fi bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, ular kanalizatsiya va suv ta’minoti tizimlarini talab qilmaydi, kabinalar ichiga o‘rnatilgan konstruksiyalar ichida najaslar qayta ishlanadi.

Toshkent hokimiyatining qayd etishicha, 2019 yilgi investitsion dasturga kiritilgan mazkur loyiha doirasida onalar va bolalar, shuningdek imkoniyati cheklangan shaxslarga alohida sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Ayni vaqtda biohojatxonalardan Shahar obodonlashtirish xizmati xodimlari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul foydalana oladi. Yil oxiriga qadar poytaxtda Yevropa sifatidagi 61 ta sanitariya-gigiyena uzeli foydalanishga topshiriladi.

Davlat turizm qo‘mitasi avvalroq SMS-xabarlari orqali tadbirkorlarni bepul Wi-Fi hududlari va hojatxonalar tarmoqlarini qurish orqali soliq imtiyozlariga ega bo‘lishga chaqirgan edi.