Southwest Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 layneri Floridadagi (AQSH) Orlando aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi, deya xabar qildi Meduza.

Samalyot Orlandodan Viktorvilga (Kaliforniya) parvozni amalga oshirayotgan edi, biroq havoga ko‘tarilishi bilan uchuvchi dvigatellarda muammo borligini xabar qildi, shundan so‘ng aeroportga qaytishga qaror qilindi.

Bortda to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Efiopiyadagi layner halokatidan so‘ng Boeing 737 MAX samolyotlari parvozini to‘xtatish to‘g‘risida farmoyish bergan edi. Boshqa mamlakatlar ortidan O‘zbekiston ham o‘z aeroportlarini bu turdagi samolyotlar uchun yopdi. Taqiq bir oyga joriy etildi.