Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Toqayev chorshanba kuni mamlakat xalqi oldida qasamyod qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Sal ilgari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 20 martdan boshlab respublika rahbari sifatidagi vakolatlarini tugatishini, qolgan vaqt mobaynida davlatni Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Qosim-Jomart Toqayev bajarini bildirgandi.

Qozog‘istonda 2020 yilda saylov o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qasamyod qabul qilish marosimi respublika parlamenti ikki palatasining birgalikdagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Nursultan Nazarboyev mazkur marosimda qatnashdi.

«Qozog‘iston xalqiga xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Konstitutsiya va Qozog‘iston qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti sifatida menga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman», — dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Berik ImashevToqayevga prezident guvohnomasi, shtandart va ordenni topshirdi.

Qasamyod qilish marosimida so‘zga chiqqan Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston poytaxti Ostona nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qildi. U shuningdek respublika poytaxtida birinchi prezident sharafiga haykal o‘rnatish taklifini ham ilgari surdi.

«Barcha viloyatlardagi shaharlarning markaziy ko‘chalarini zudlik Nursulton Abishevich Nazarboyev nomi bilan atash zarur deb hisoblayman», — deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston prezidenti.