28 martdan 4 aprelga qadar Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur chempionatda 284 nafar sportchi chempionatda qatnashish istagini bildirgan. Aniqrog‘i qatnashishga ruxsat olgan. Natijada milliy federatsiya tomonidan kattalar o‘rtasidagi chempionatda qatnashish imkonini beradigan belgilangan me’yoriy talabni bajarilgan.

Yaqin o‘n yillar mobaynida O‘zbekiston chempionati bu qadar ko‘p ishtirokchi to‘planmagandi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bu yilgi O‘zbekiston chempionatida ayollar (jami 98 nafar, bu ham juda yuqori ko‘rsatkich) 45 kgdan +87 kggacha bo‘lgan 10 ta, erkaklar (jami 186 nafar) ham 55 kgdan boshlab +109 kggacha 10 ta vazn toifasida supachaga chiqishadi.

Musobaqada Nigora Abdullayeva, Muattar Nabiyeva, Kumushxon Fayzullayeva, Tursunoy Jabborova, Dolera Davronova, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Rustam Jangaboyev singari yetakchi polvonlar ham qatnashadi.