Senator Mirabror Usmonov 12 mart kuni Toshkentdagi «Ezgu Niyat» O‘zbekiston-Germaniya shifoxonasiga yotqizildi. Ayni vaqtda u jonlantirish bo‘limida komada, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning vaziyatdan xabardor axborot manbasi.

Uning koma holatiga tushishiga bronxial astma asorati sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Qayd etish joizki, Mirabror Usmonov 28 fevral kuni Oliy Majlis Senatining 18-yalpi yig‘ilishida ishtirok etgan edi.

Mirabror Usmonov (1947 yilda tug‘ilgan) 2005 yildan buyon Senat a’zosi hisoblanadi. 2006−2017 yillarda O‘zbekiston Futbol federatsiyasiga, 2013−2017 yillarda — Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.