5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «Buyuk Kelajak» XNNT o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatni energetika vaziri Alisher Sultonov va «Buyuk Kelajak» XNNT ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Zuxra Azimova imzoladi.

Hamkorlik doirasida tomonlar energetika sohasini isloh qilish va uni jadal rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan loyihalarni muhokama qilish va taklif qilish uchun qo‘shma ekspert guruhenergetika sohasini rivojlantirishini tuzishga kelishib oldilar.

Memorandumga ko‘ra, tomonlar ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasini rivojlantirishni yanada jadallashtirish maqsadida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, hamkorlik quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga qaratiladi:

  • mamlakatning yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish;
  • elektr, neft va gaz sanoatini isloh qilish;
  • yuqori darajadagi sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qayta tiklanadigan energiya va infratuzilmani qurish va boshqalar.

Tomonlar o‘quv seminarlarini tashkil etish, muzokaralar olib borish, loyihalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni jalb qilishda hamkorlik qilishlari mumkin. «Buyuk Kelajak» konsultatsiya xizmatlarini Vazirlikka bepul taqdim etadi.

«Buyuk Kelajak» XNNT islohotlarning samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida va ijtimoiy sohada mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan turli sohalarda xorijiy tajriba orttirgan yurtdoshlar uyushmasi hisoblanadi.

XNNT «Buyuk Kelajak» ning asosiy tahliliy organi xorijiy mamlakatlarda ishlab muvaffaqiyatli tajriba orttirgan mutaxassis vatandoshlarni birlashtiradigan Ekspertlar Kengashi hisoblanadi. Kengash turli sohalarda faoliyat yurituvchi 270 dan ortiq xorijiy mutaxassislarning xalqaro tajribasini, ekspert xulosasini birlashtiradi.

«Buyuk Kelajak» ning asosiy vazifalaridan biri 2035 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli rivojlanish Strategiyasini va uning bajarilishi uchun yo‘l xaritalarini taklif qilishdir.

Telegram: t.me/officialBuyukKelajak
Facebook: fb.me/INGOBuyukKelajak
Youtube: youtube.uzbekistan2035.uz
Instagram: @buyuk__kelajak/

Reklama huquqi asosida.