Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Vazirning 2019 yil 6 martdagi buyrug‘i bilan Mamatov Xudoyor Teshayevichning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Xalilov Akram Utamurodovich H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu kungacha Akram Xalilov Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.