18-avtobus saroyi tasarrufidagi 27- «Chorsu savdo markazi — Ko‘kcha oqlon mahallasi» yo‘nalishida qatnovchi «Isuzu» rusumli avtobus bilan transport hodisasi ro‘y berdi.

Natijada «Nurafshon» ko‘chasida harakatlanayotgan avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Ikki kishi yengil darajada jarohatlangan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.