1 iyuldan taksilardagi to‘lov terminallari, taksometrlar va radio aloqa vositalari maxsus mobil ilovalar o‘rnatilgan smartfonlar, planshetlar va elektron to‘lov tizimlariga almashtirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 5 martdagi yuk va yo‘lovchi tashish tizimlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida so‘z boradi.

Xuddi shu sanadan boshlab yo‘nalishli taksilarni qonunchilikda belgilangan rangga bo‘yash o‘rniga maxsus yopishtiriluvchi materiallardan foydalanishga ham ijozat beriladi.

Bundan tashqari, yo‘nalishli taksi sifatida foydalaniluvchi va yagona tashqi belgilar va jihozlar bilan ta’minlangan yengil avtomobillar 1 iyuldan boshlab yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan maxsus polosalarda harakatlanishi hamda «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi ostida to‘xtashlari mumkin.

Hujjatda yo‘lovchilarni tashishda qo‘llaniluvchi avtotransport vositasida yo‘lovchiga chek berish yoki yo‘l kirani elektron qayd etish sharti bilan nazorat-kassa uskunalarining bo‘lishi haqidagi talab bekor qilinadi.

Tegishli malaka oshirishdan o‘tganlik to‘g‘risidagi talab quyidagi shaxslar uchun bekor qilinmoqda:

  • yuk avtomobil transptaksiari.

Endilikda avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashishga litsenziya olishda avtotransport vositasining yuridik shaxs balansida bo‘lishi shart emas.

1 apreldan yuridik shaxs va jismoniy shaxs o‘rtasida shartnomani tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari amaldagidan ikki barobarga kamaytiriladi.