2019 yil 1 mart kuni hukumatning Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil davlat byudjeti hamda mahalliy byudjet hisobidan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun mablag‘lar ajratiladi;

davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlarida dorilar va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan byudjet mablag‘lari hududiy sog‘liqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanadi.

«O‘zmedimpeks» DUKga dorilar va tibbiyot buyumlarini yetkazib berganlik uchun respublika byudjetidan mablag‘lar ajratiladi.