Joriy yilning 28 fevral kuni soat 10:00 da O‘zbek Milliy akademik drama teatrida turkiyalik rejissyor tomonidan «Abu Rayhon Beruniy» filmiga kasting o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kastingda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri, Abror Xidoyatov nomidagi drama teatri aktyorlari ishtirok etdi.