2019 yil 27 fevral kuni Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Zarafshon» gazetsi saytida xabar berildi.

Egamov Akram O‘rozqulovich shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akram Egamov shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki respublika apparatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. 2009−2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.