24 fevral kuni Inson huquqlari xalqaro jamiyati (IHXJ, Germaniya) bosh kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik huquq himoyachisi Marat Zahidov 78 yoshda Isroilda vafot etdi.

TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumotiga ta’nib u mazkur mamlakatga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelganini xabar qildi.

«Elchixona konsullik bo‘limi tomonidan tashkiliy va yuridik masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi. Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhum M.Zahidovning jasadi „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi», — deyiladi xabarda.