Adliya vaziri tomonidan imzolangan tegishli buyruq bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Hujjatga muvofiq, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi.

Xususan, endilikda boshqa idoralar bilan kelishib qabul qilingan idoraviy qonun hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni shu idoralarning barchasi bilan kelishish shart emas.

O‘zgartirishlar kiritishda, hujjat qabul qilinishida kelishilgan idoralardan qaysi birining manfaatlariga (vakolatlariga) daxl qilsa, o‘sha idoraning roziligi olinadi.