«Olot» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan yuk avtomashinasi tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berildi.

Ko‘rik davomida, bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 4,5 million so‘mlik 24 dona yelim idishlarda jami 772 litr dizel yoqilg‘isi borligi aniqlandi.

Xuddi shunday bojxona qoidabuzarligi yana 3 ta yuk avtomashinasi haydovchilari tomonidan ham sodir etilib, jami 20,5 million so‘mga teng bo‘lgan 3358 litr dizel yoqilg‘isining noqonuniy tarzda O‘zbekistonga olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.