O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga bosim o‘tkazilayotgani yo‘q, uning shifokorlar qabuliga erkin kirishi ta’minlangan, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Payshanba kuni Gulnora Karimovaning o‘g‘li kichik Islom Karimov Instagram-sahifasida tergov organlari onasiga «gipertonik inqirozga qadar noinsoniy bosim» o‘tkazayotgani hamda uning shifokorlar qabuliga kirishiga ruxsat berilmayotganini yozdi.

«Asoslanmagan vajlar tilga olindi, Gulnora Karimovaga har doim jumladan o‘zi so‘ragan shifokorlar qabuliga erkin kirish imkoni berilgan. Unga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani yo‘q», — dedi Bosh prokuratura vakili «Gazeta.uz"ga.

Gulnora Karimova 2015 yil avgustida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. O‘sha vaqtda unga nisbatan yana bir jinoyat ishi davom etayotgandi. Ikkita jinoyat ishi bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 3,7 trln so‘mni tashkil etadi.