Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona qonunbuzilish holatlari o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi satbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, O‘zbekistondan chiqib ketayotgan fuqaro D.R. bojxona nazorati xududiga kirib kelayotgan vaqtida uning harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi.

Natijada, fuqaro belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ro‘molchaga o‘rab ichki kiyimlari orasiga yashirib olgan, umumiy qiymati 13 million 112 000 so‘mlik jami 65,56 gr. 10 dona uzuk va 20 dona sirg‘ani noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.