13 fevralga o‘tar kechasi Samarqandda Hunarmandlar uyushmasi binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi «Gazeta.uz"ga.Foto: dyxx.uz.

Binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar 2:05 da kelib tushdi. Yong‘inni bartaraf etish uchun oltita o‘t o‘chirish ekipadi va bir avtonarvon yuborildi. Tarkib hodisa joyiga 2:15 da yetib borib, uni 3:55 da bartaraf etdi.

Yong‘in natijasida tom konstruksiyasi va 150 kv. m maydondagi bino mol-mulklari yo‘qotildi. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.