OFK Chempionlar ligasi doirasida Toshkentning «Paxtakor» va Iroqning «Eyr Fors» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin birinchi taymning 14-daqiqasida «Paxtakor» stadioni drenaj tizimidagi nosozlik sababli to‘xtatildi, deya xabar qildi poytaxt jamoasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Nosozlikni bartaraf etish yarim soatga yaqin vaqt talab qildi va uchrashuv hakami Kim Xi Gon birinchi taymga 24 daqiqa qo‘shib berdi.

Foto: championat.asia.

O‘yin mezbon jamoa g‘alabasi bilan tugadi — 2:1. 77-daqiqada Jaloliddin Masharipov Xojiakbar Alijonov uzatgan to‘pni akrobatik darvozaga yo‘lladi. 84-daqiqada Marat Bikmayev hisobni yiriklashtirdi — 2:0. Oradan 3 daqiqa o‘tib 87-daqiqada mehmonlar hujumchisi Hammadi Ahmadni qisqartirib, 2:1 holiga keltirdi.

Qayd etish joizki, seshanba kuni OFK (Osiyo futbol konfederatsiyasi) Chempionlar ligasi ½-turi boshlandi. Unda «Paxtakor» va AGMK ishtirok etmoqda.