Alisher Sanetullayev «Moskva muhandislik-fizika instituti» Milliy yadro tadqiqotlari universiteti filiali ijrochi direktori etib tayinlandi, deya xabar qildi «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Tayinlovga qadar u Toshkentdagi Inha universitetida dars bergan. Alisher Sanetullayev mutaxassisligi bo‘yicha fizik-yadrochi, Michigan shtati universiteti (AQSH) va Britan Kolumbiya universitetida (Kanada) ushbu sohada faoliyat ko‘rsatgan, PhD ilmiy darajasi sohibi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni «MIFI» filialini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Filial ta’lim faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlaydi. Filial yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida muhandis-texnik xodimlarni tayyorlaydi, shuningdek yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib boradi.