2019 yil 4 fevral kuni soat 23:30larda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Daryo MFYda yashovchi I.U. uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan hamqishlog‘i L.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada L.J. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.U. qo‘lga olindi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.