2019 yil 2 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlari natijasida, Chuvulloq qishlog‘ida yashovchi X.B. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi salonidan 95 gr., shuningdek uning uyi yerto‘lasidan 5 kg. 439 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, u daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.