Hukumat qarori bilan «Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali ma’lumot berildi.

Nizomga muvofiq, quyidagi hollarda film hamkorlikda ishlab chiqarilgan hisoblanadi:

film hamprodyuserlarning birgalikdagi ijodiy, texnik va boshqa hamkorligi natijasida ishlab chiqarilgan bo‘lsa;

film ishlab chiqarishda hamprodyuserlar har birining qo‘shadigan eng kam hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 20 foizidan kam bo‘lmagan, eng ko‘pi 80 foizidan oshmagan bo‘lsa;

hamprodyuserlarning kelishuviga ko‘ra, filmni hamkorlikda ishlab chiqarish uchun uchinchi davlatdan boshqa prodyuser jalb qilingan hollarda uning hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 30 foizidan oshmagan bo‘lsa;

hamprodyuserlarga filmdan birgalikda foydalanish tartibini belgilovchi shartnomalarning mavjudligi, bunda kinoprakatidan tushadigan daromadlarning hamprodyuserlar va hududlar (film prokati amalga oshiriladigan mamlakatlar) o‘rtasida o‘zaro taqsimlanishi kabi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa.

Hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ariza beruvchi «O‘zbekkkino» Milliy agentligiga quyidagilarni taqdim etadi:

filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish to‘g‘risidagi ariza;

rejalashtirilayotgan film ssenariysining davlat yoki rus tilidagi bosma (elektron) varianti;

ariza beruvchi tomonidan hamkorlikda film ishlab chiqarish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

filmni tasvirga olish guruhi va asosiy rollardagi aktyorlarning fuqaroligi, kasbi va (yoki) lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ro‘yxat;

filmni tasvirga olishga sarflanadigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitobi;

hamkorlikdagi filmni tasvirga olish kalendar-postonovka rejasi.

Ariza beruvchi ushbu hujjatlarni agentlikka bevosita berishi yoki pochta orqali yoxud elektron shaklda yuborishi mumkin.

Nizomda, shuningdek hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish rad etiladigan holatlar ham belgilangan.

Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: