Toshkentda janjal vaqtida pichoqdan tan jarohati olgan voyaga yetmagan o‘smir vafot etdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

3 fevral kuni taxminan 23:40 da Toshkentning Mirobod tumani Sariko‘l ko‘chasida muqaddam sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. o‘rtasida, mojaro ishtirokchilarining aytishicha, qiz bola tufayli janjal kelib chiqadi.

Sergey o‘z do‘stlari — 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni yordamga chaqiradi. Sulaymon S. janjalda Temur M.ga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashirinadi.

Temur M. shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, xushiga kelmasdan vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.