Vazirlar Mahkamasining «Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida» qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Reglamentga muvofiq, smola miqdori filtrli sigareta tutuni tarkibida 10 milligramdan hamda filtrsiz sigareta tutuni tarkibida 16 milligramdan oshishi mumkin emas.

Shuningdek, bir dona sigaretaning (filtrli yoki filtrsiz) tutuni tarkibidagi nikotinning miqdori 1,0 milligramdan oshishi mumkin emas.

Har bir tamaki mahsuloti iste’molchi qadog‘ining yuza va orqa tomonini pastki qismida tibbiy ogohlantirish (yoki rasm) joylashtiriladi va ushbu ma’lumot qadog‘ning kamida 40 foizini egallashi lozim.

Ushbu reglament 2020 yil 2 fevraldan kuchga kiradi.