Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan kecha-kunduzda respublika bo‘yicha avval qayd qilinib, shu kungacha ochilmay qolgan jinoyatlardan 42 tasi fosh etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2014 yildan 2018 yilga qadar o‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan, turli sabablarga ko‘ra qilmishi ochilmay qolgan fuqarolar aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ayni paytda barcha 42 ta holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.