Toshkent hayvonot bog‘i hududida «Akvanarium», «Safari park» va veterinar laboratoriya qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tayyorlagan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida so‘z boradi.

Ularni tashkil etish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida investorlarni jalb qilish taklif etilmoqda. Hamkorlik bo‘yicha takliflar 1 mayga qadar taqdim etilishi lozim.

2024 yilda Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi munosabati bilan poytaxtda Yevroosiyo hayvonot bolari va akvariumlari mintaqaviy assotsiatsiyasining (YeARAZA) kengaytirilgan uchrashuvi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi qarori bilan 2016−2020 yillarda Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Hujjatda dunyoning yetakchi hayvonot bog‘lari namunalari bo‘yicha kolleksiyalarni kengaytirish uchun mavjud volerlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish ko‘zda tutilgan.

Konsepsiya fauna, zoologiya, zoomuhandislik laboratoriyalarini o‘z ichiga olgan ilmiy majmua barpo etish, veterinar klinika texnik bazasini mustahkamlash va uni elektrokardiograf, ultratovush skaneri, narkoz-nafas olish uskunasi, laborator analizatorlar, endoskopik va rentgen qurilmalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.