Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘ldi. Unda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi. Bu haqda sessiyada qatnashgan Namnews.uz manbasi xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Javlonbek Nabijonovich Yo‘ldoshev o‘z vazifasidan ozod etildi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Tursunovich Yusupov viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi. Mazkur qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Baxodir Yusupov bundan avval ham (2016−2017 yillarda) Kosonsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u 2009 yildan 2015 yil 25 noyabrga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida ham ish olib borgan.