26 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 20 yanvar kuni Toshkentda qo‘lga olingan Artur Trofimovni Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirdi, deya xabar qildi nazorat organi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Ekrtraditsiya qo‘lga olingan shaxsni Qozog‘iston Bosh prokuraturasiga topshirish to‘g‘risidagi so‘rovi asosida amalga oshirildi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Artur Trofimov 2005—2009 yillarda «BTA Bank"dan juda yirik miqdordagi pullarni o‘g‘irlash, ularni qonuniylashtirish hamda jinoiy guruh tashkil etish va unga rahbarlik qilishda gumonlanmoqda.

Qozog‘istonning Tengri News nashri xabariga ko‘ra, 2011 yil dekabrida Moskva Tver sudi «Yevraziya Logistik» MCHJ direktorlar kengashi raisi Artur Trofimovni hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan. Uning jinoiy guruh tarkibida «BTA Bank"dan eng kamida 730 mln dollarni o‘zlashtirganlik ayblanmoqda.