Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudi to‘rt ayolni Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi ostida muddatidan avval ozodlikka chiqardi, deya xabar qildi qo‘mita vakili «Gazeta.uz"ga.

42-sonli jazoni o‘tash muassasasida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sud chin yurakdan pushaymon bo‘lgan hamda hayotini oilasi, bolalar tarbiyasi va jamiyat rivojiga bag‘ishlashga qaror qilgan qamoq jazosini o‘tayotgan ayollarni ozod qilishga haqida hukm chiqardi.

Ular uchun belgilangan jazo muddatining qolgan qismi axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirilib, oylik ish haqining 20 foizi davlat hisobiga o‘tkaziladi.

Ozod qilingan ayollarga 2019 yilda ishga tushirilgan tegishli dastur doirasida Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari tomonidan ishga joylashish va moslashish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Qo‘mita kafilligiga berilganlar:

  • Z. K., O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qism (o‘g‘irlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bo‘yicha 5 yil 2 oyga (2022 yil 25 iyungacha) sudlangan;
  • Sh. M.,JK 113-modda 4-qism «b» bandida (qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash, avval 135 yoki 137-moddalarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bo‘yicha 5 yil muddatga (2022 yil 10 maygacha) hukm qilingan;
  • M. U., JKning 211-modda 2-qism «a» bandida (firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) 5 yilu 6 oyga sudlangan;
  • D. X., 168-modda 3-qism «b» bandi (firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bo‘yicha 6 yilga hukm qilingan.

«Gazeta.uz"ning aniqlik kiritishicha, 2018 yilda Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi ostida 893 nafar ayol ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.