Hukumatning 2019 yil 24 yanvardagi qarori bilan sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ro‘yxatdan 9 turdagi mahsulot (go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non) o‘rin olgan edi.