Vazirlar Mahkamasining «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq:

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi;

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilmasi ta’sis etildi.

Shuningdek, qaror bilan direksiyaning asosiy ta’sischisi etib «Surkhan Global Trade» MCHJ belgilandi.

Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat «Termiz» EIZ hududida faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.