Hindistonning Gandinagar shahrida «Jo‘shqin Gujarat» sammiti doirasida xalqaro savdo ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston va boshqa davlatlar ctendlari namoyish etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin Gujarat — 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17 yanvar kuni Hindistonga jo‘nab ketgandi.