14 yanvar kuni respublikaning shimoliy hududlariga kirib kelgan salqin va nam havo massalari 15 yanvardan O‘zbekistonning barcha qismlarini egallaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zgidromet hisobotiga tayanib tarqatgan xabarida.

Yaqin kunlarda havo harorati +3…+8, shimolda — 0…+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakatning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi va tuman tushishi kutilmoqda. Qor ko‘chishi xavfi bor.

16−17 yanvar kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, faqatgina Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18−19 yanvarda respublika hududlariga Turkmanistondan iliq havo massalari kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi, 19 yanvarda esa Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi bilan ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shu kunlarda harorat kechalari +3…+5 iliqdan −2…−0 darajagacha sovishi, kunduz kunlari +6…+8 dan +15…+17 darajagacha ilishi kutilmoqda.