2019 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ismli ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Aniqlanishicha yong‘in Ye.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.