O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga muvofiq Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davom etayotgan «Vatanparvarlik oyligi» tadbirlari doirasida Toshkent shahri markazida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonidagi maydonda harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festivallar 11, 12, 13 va 14 yanvar kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar o‘tkaziladi.

Tadbirlarda taniqli estrada xonandalari va harbiy san’atkorlar tomonidan konsert dasturlari, harbiy texnika va qurol aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari taqdim etiladi.