Jismoniy shaxslarga naqd xorijiy valyutani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish masalasi yangi tahrirdagi valyutani nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki vakili «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

3 yanvar kuni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan edi.

Hujjatning 67-bandida 1 martga qadar chet el valyutasi bilan bog‘liq amaliyotdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etishni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishni topshirdi.

Markaziy bank «Gazeta.uz» so‘roviga javob tariqasida yangi tahrirdagi valyutani nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi hukumatga kiritilganini ma’lum qildi.

«Qonun tasdiqlanganidan so‘ng biz valyuta bozoridagi qolgan yangiliklarni zarurligi nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz. Bu naqd xorijiy valyuta darhol savdoga chiqarilishini anglatmaydi, faqat hujjat qabul qilinadi», — dedi MB vakili.

Hozirda xorijiy valyutani plastik kartalar yordamida konvertatsiya qilish yo‘li bilan sotib olish mumkin.