Yangi yilning birinchi kuni O‘zbekistonda 1708 bola dunyoga keldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga. 2018-yilning 1-yanvarida esa bir oz ko‘proq — 1961 go‘dak tug‘ilgan edi.

Eng ko‘p Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida — 204 va 200 bola tug‘ilgan. Surxondaryo viloyatida — 181, Qashqadaryo viloyatida — 148, Namangan viloyatida — 147, Andijon viloyatida — 138, Toshkent viloyatida — 134, Buxoro viloyatida — 110 chaqaloq dunyoga keldi.

Qoraqalpog‘istonda — 98, Xorazmda — 93, Toshkentda — 91, Jizzax viloyatida — 72, Sirdaryoda 56 va Navoiy viloyatida — 36 go‘dak dunyo yuzini ko‘rdi.