Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati endilikda har chorakda baholab boriladi.

Har chorak ishlarni baholash yakunlariga ko‘ra, faoliyati qoniqarsiz dep topilgan YPX xodimlariga nisbatan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda pul ushlab qolinadi. Pul ushlab qolish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi.

Baholash yakunlariga ko‘ra, faoliyati samarali deb topilgan YPX xodimlari esa lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bir martalik pul ushlanishini va mukofotni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar 5 nafar a’zodan iborat maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

YPX xodimiga nisbatan ketma-ket to‘rt chorakda ham pul ushlanishi tarzidagi chora qo‘llanilsa, uning faoliyatidagi kamchiliklar to‘g‘risidagi masala komissiya majlislarida va ichki ishlar organlarining intizomiy kengashida muhokama qilinadi.

Quyida DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidagi iqtisodiy ta’sir chorasini qo‘llash mezonlari keltirilgan: