Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Musayev Behzod Anvarovich Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi DSQ Telegram-kanali.

Behzod Musayev (1973 y. t.) joriy yil mart oyida DSQ raisining birinchi o‘rinbosari, may oyidan esa DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

«Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni ko‘zlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir», — deyiladi xabarda.