«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi №56 «Toshkent-Urganch» tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi Xivaga qadar uzaytarilganini e’lon qildi. Poyezdlar «Toshkent-Janubiy» vokzalidan har seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi.

Poyezd poytaxt vokzalidan 20:30 dan otlanib, Urganch vokzaliga 11:24 da yetib boradi. U yerdan esa 11:35 da yo‘lga chiqib, Xivaga 12:05 da kirib boradi.

№55 «Xiva-Urganch-Toshkent» yo‘lovchi poyezdi Xiva vokzalidan 13:45 da chiqib, Urganch vokzaliga 14:15 da yetib boradi. Urganchdan poytaxtga tomon 15:25 da otlanib, «Toshkent-Janubiy» vokzaliga 6:58 da yetib keladi.